Kechagi g'alabadan so'ng Arbeloa nimalar dedi?

Khoja
26 fev 2026
"Real Madrid" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa kechagi g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Chempionlar ligasidagi hech bir o'yin 90 daqiqa davomida oson kechmaydi, azob chekishga to'g'ri keladi. Raqib yaxshi pressing qildi, biz esa yarim himoyachilar orasidagi bo'sh zonalardan foydalanishni bilmadik. Tanaffusda buni to'g'riladik va o'yinni yaxshiroq o'ynay boshladik. Tchuamenining goli juda muhim bo'ldi. So'nggi kunlarda u haqida gaplashgan edik, Orelen hozir juda yuqori darajada o'ynayapti. Agar u jarima maydoni chizig'igacha yetib borsa, ko'p gol uradi. Vinisius a'lo o'yin o'tkazdi, gol urdi va har qanday imkoniyatda xavf tug'dirdi. U bizning yetakchimiz bo'lishi, o'yin uning atrofida qurilishi kerak. Kim bilan keyingi bosqichda uchrashsak ham, bu jiddiy raqib bo'ladi", – dedi u.


KhojaMuallif
Manba: championat.com