Kecha xet-trikka erishgan Aspas to'purarlar poygasida Messidan o'tib ketdi

Aziz Tukhtamuradov
28 okt 2018, 08:46
“Selta” klubi hujumchisi Yago Aspas Primeraning 10-turidan o'rin olgan “Eybar”ga qarshi (4:0) o'yinda xet-trikka erishgandi.

Bu bilan 31 yoshli futbolchining joriy mavsum La Ligada kiritgan gollari soni 8taga etdi va u to'purarlar poygasida birinchi o'ringa chiqib oldi. Uchinchi pog'onadan joy olgan “Barselona” sardori Lionel Messining gollari 7tani tashkil qilmoqda. 

Kutilmaganda “Jirona” klubi hujumchisi Kristian Stuani hisobida ham Aspasda bo'lgani kabi 8ta gol bor. Stuanidan farqli ravishda Yago barcha gollarini o'yindan kiritgan. Kristian esa bitta golini penaltidan so'ng darvozaga joylagan. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif