Kazemiro: "Siti"ni yutishimiz shart, kim gol kiritishining farqi yo'q"

Aziz Tukhtamuradov
2 may 2016, 21:30
"Real" futbolchisi Kazemiro "Manchester Siti"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.


"O'z maydonimizda ekanligimiz chorshanba kuni bizga ustunlik beradi. Muxlislar bizni qo'llab-quvvatlashadi. Biz ularga ishonamiz. "Siti" "Bernabeu"ning qanday kuchga ega ekanligini his qilishi kerak. O'yin juda qiyin bo'ladi. Lekin, bizda kuchli muxlislar bor. Bu bizga ustunlikni taqdim etadi.

Biz g'alaba qozonishimiz shart. Kim gol kiritishining ahamiyati yo'q. "Real"ga finalga chiqishi uchun yordam bermoqchiman", - deydi Kazemiro.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: uefa.com