Kazemiro: "Real" uchun qayg'urishga vaqtim yo'q"

Alisher Ostonov
16 noya 2025
"Manchester Yunayted" sharafini himoya qilayotgan braziliyalik yarim himoyachi Kazemiroga "Real"ning hozirgi holati haqida savol berildi.

"Men "qaymoqlilar"ni kuzatmayman. "Manchester Yunayted"da ishlarim ko'p, "Real" uchun qayg'urishga vaqtim yo'q. Ha, men bu klubni yaxshi ko'raman, ammo hozirgi kechinmalarim ular bilan bog'liq emas", - dedi yarim himoyachi.

Eslatib o'tamiz, braziliyalik futbolchi 2013 yildan 2022 yilgacha "qirollik klubi"da o'ynagan. Kazemiro "Real"dan 2022 yil yozida "Manchester Yunayted"ga o'tgandi. Yarim himoyachi va mankunianliklar o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi muddati kelasi yilning iyun oyi oxirida tugaydi.



Alisher OstonovMuallif
Manba: Mundo Deportivo