Kazemiro: "Qo'limizdagi tayyor g'alabani oldirib qo'ydik. Hayot esa davom etadi"

Administrator
10 dek 2022, 00:53
Yarim himoyachi shov-shuvli mag'lubiyatan so'ng fikr bildirdi.

Braziliya terma jamoasi tayanch yarim himoyachisi Kazemiro Xorvatiyadan qabul qilib oligan sensacion mag'lubiyatdan so'ng o'zining fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Mag'lubiyat har doim og'riqli. Ayniqsa, senda orzu, maqsad bo'lsa va buning uchun to'rt yil harakat qilgan bo'lsang. Vaziyatni so'z bilan tariflab bo'lmaydi. Hayot davom etadi. 

Qo'limizdagi tayyor g'alabani oldirib qo'ydik, sirpanib ketdi desa ham bo'ladi. Hozir xotirjamlik juda muhim. Hayot esa o'z izida davom etishi kerak", -deydi Kazemiro.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: UOL