

Insayder Fabricio Romanoning xabar berishicha, braziliyalik bugun Manchesterga uchib keladi va tibbiy ko'rikdan o'tadi. Shundan so'ng esa viza bilan bog'liq masalalar hal etiladi.
Barchasi ijobiy yakunlangandan keyin esa MYU futbolchini qaydnomadan o'tkazadi. Murabbiylar shtabi 30 yoshli xavbekni APL 3-turidan o'rin olgan “Liverpul”ga qarshi bahsda debyut qilishini xohlashmoqda. “Old Trafford”dagi uchrashuv 22 avgustga belgilangan.



