Kaxa Kaladze endi shahar meri

Aslanov Jasurbek
22 okt 2017
Kievning "Dinamo" va "Milan" klubi sobiq futbolchisi Kaxa Kaladze Tbilisi shahrining meriga aylandi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Kaladzeni ovoz beruvchilarning 51,06% tanlagan.

Mutaxassislar Tbilisi meri uchun saylovlarning ikkinchi turi bo'lishini taxmin qilishgandi. 21 oktyabrda o'tgan saylovda Aleksandr Elisashvili 17,46% va yana bir nomzod Zaal Udumashvili 16,53% ovoz to'plashdi. 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Грузия Online