Kavani "Manchester Yunayted" safida 1-mashg'ulotini o'tkazdi

"Manchester Yunayted"ning yangi a'zosi Edinson Kavani jamoa tarkibida birinchi mashg'ulotini o'tkazdi. Klub matbuot xizmati mashg'ulotlar jarayonidan suratlarni e'lon qildi.

Urugvaylik forvard MYU safiga transfer oynasining so'nggi kunida erkin agent sifatida kelib qo'shilgan edi. Oldinda "Manchester Yunayted"ni PSJga qarshi o'yin kuti turibdi. Uchrashuv 20 oktyabrga belgilangan. Kavani sobiq jamoasiga qarshi o'yinda "qizil iblislar" uchun debyut qilishi mumkin.


Manba: twitter.com/ManUtd