Kavani Manchester Yunaytedga o'tishni istamoqda

Narzulla Saydullayev
15 iyul 2014
PSJ hujumchisi Edinson Kavani faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirmoqchi.
Sport Italia nashrining xabariga ko'ra, 27 yoshli urugvaylik futbolchi Manchester Yunaytedga o'tishni istamoqda.

Kavani mana shu dam olish kunlari o'z agenti bilan uchrashadi va kelajagini hal qilib oladi.

Oldinroq MYU hujumchi uchun 56 million funt taklif qilgani xabar berilgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru