Kavani Falkao bilan bir jamoada o'ynashi mumkin

Aziz Tukhtamuradov
22 iyun 2022
Urugvaylik 35 yoshli futbolchi Edinson Kavani o'z xizmatlarini Ispaniyaning "Rayo Valekano" jamoasiga taqdim etdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Kavanining "Rayo Valekano"ga o'tishida asosiy muammo futbolchining maoshi pasayishi bo'ladi. Agar ispan klubiga ko'chib o'tsa, MYUdan ko'ra sezilarli darajada past maosh oladi. 

Avvalroq manchesterliklar 2021/22 yilgi mavsum yakunlangach, klub va futbolchi o'rtasidagi kelishuv ham nihoyasiga yetishi va Kavani klubdan kyetishini e'lon qilishgandi. 

Eslatib o'tamiz, 2021/22 yilgi mavsum oldidan boshqa bir taniqli hujumchi Radamel Falkao "Rayo Valekano" safiga borib qo'yishlgandi. Uning shartnomasi 2023 yilgacha mo'ljallangan. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Marca