Katta Maldini ham koronavirusdan to'liq tuzaldi

Eldor Akmurzayev
8 apr 2020, 22:10
“Milan” texnik direktori Paolo Maldini COVID-19 infekciyasidan forig' bo'ldi va o'z ish joyiga qaytdi.

Bir necha kun oldin, uning o'g'li Denieel ham koronavirusdan tuzalgani haqda xabar bergandik. Manbaga ko'ra, katta Maldini “rossonerilar” rahbariyati va futbolchilari bilan aloqaga chiqib, maoshni qisqartirish masalasini muhokama qilishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o'tamiz, Paolo va Daniel Maldinilar 21 mart koronavirus bilan kasallangani ma'lum bo'lgan edi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Football Italia