Katta ehtimol bilan Shomurodov Osiyo kubogida ishtirok eta olmaydi

Khoja
3 yanv 2024
12 yanvar kuni Qatarda Osiyo kubogi start oladi.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov jarohati tufayli Qatardagi Osiyo kubogida maydonga tusha olmaydi. Biroq futbolchi terma jamoani qo'llab-quvvatlash uchun Doxaga borishi kutilmoqda. 

Xabaringiz bor, Shomurodov dekabr oyi so'nggida "Kalyari" safida mashg'ulot paytida jarohat olgandi.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia