Katta ehtimol bilan APLni "Liverpul" yutadi

Aslanov Jasurbek
28 dek 2024
Superkompyuterning taxminlariga ko'ra, "Liverpul" APLning asosiy favoriti.

Arne Slot jamoasi 17 ta o'yindan so'ng 42 ochko to'plab, turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda va eng yaqin taqibchisi "Arsenal"dan 6 ochko ilgarilab ketgan.

Opta Sports superkompyuteri hisob-kitoblariga ko'ra, "qizillar"ning APL chempioni bo'lish ehtimoli 87,8%ni tashkil qiladi. "Arsenal" imkoniyatlari 10,7%, "Chelsi"niki 1,3%, "Manchester Siti"niki esa 0,2%.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Opta Analyst