
Bu mablag'ning yirik qismi "katta beshlik" mamlakat klublariga to'g'ri keladi. Angliya, Germaniya, Ispaniya, Fransiya va Italiya jamoalari 2,75 mlrd. dollar sarflashdi. Ularning orasida ingliz klublari yetakchi - 1,167 mlrd. dollar (bu 2015 yilning yoziga nisbatan 8% ko'p). Keyingi o'rinlarni Germaniya (522 mln. dollar), Italiya (444 mln. dollar), Ispaniya (441 mln. dollar) va Fransiya (173 mln. dollar) egallab turibdi.
"Katta beshlik" klublarining transfer va ijaralarga ajratgan pullari butun dunyo transfer bozorida sarflangan mablag'ning 74%ni tashkil qiladi.