"Kataloniyada "Real"ni yomon ko'rishga o'rgatishadi"

Tolibjon Qosimov
2 fev 2019
Qatarning "Al Sadd" klubi hujumchisi Bog'dod Bunedja jamoadoshlari Xavi ("Barselona" sobiq o'yinchisi) va Gabi ("Atletiko" sobiq o'yinchisi) "Real"ga nisbatan qanday munosabatda ekanliklarini aytib o'tdi.

"Ularning hech biri "Real"ni yoqtirmaydi. Xavi menga Kataloniyada "Real"ni yomon ko'rishga o'rgatishlari haqida aytib bergan. U erda shunday his bilan o'sishadi", - dedi Bunedja.


Jazoir terma jamoasining 27 yoshli forvardi 2018 yilda 59ta gol urdi va bu borada Lionel Messi va Krishtianu Ronaldularni ham ortda qoldirdi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: as.com