Kataloniya terma jamoasi o'rtoqlik uchrashuvida Basklar bilan durang o'ynadi

Aslanov Jasurbek
29 dek 2015, 13:19
Kataloniya terma jamoasi mehmonda Basklarga qarshi o'rtoqlik uchrashuv o'tkazdi.

O'yin 1:1 hisobida yakunlandi.

Bahsning birinchi daqiqasida "Atletik" futbolchisi Aric Aduris hisoni ochdi. Kataloniyaliklar birinchi bo'lim tugashidan oldin "Espanol" hujumchisi Serxio Garsianing goli evaziga muvozanatni tikladi.

Eslatib o'tamiz, Kataloniya terma jamoasiga "Barselona"ning 9 nafar futbolchisi taklif qilingan edi.

O'rtoqlik uchrashuvi

Basklar - Kataloniya 1:1 (1:1)

Gollar: Aduris, 1 (1:0); Garsiya, 44 (1:1).


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com