Kasilyas - "Real"ga qaytish haqida: "Zo'r bo'lardi"

19 noya 2020, 01:16
Madridning "Real" klubi sobiq darvozaboni Iker Kasilyas jamoada ishlash imkoniyati haqida gapirdi.

"Klubga qaytib, bu yerda bolaligimda o'rgangan narsalarimni boshqalarga etkazsam, zo'r bo'lar edi.

Men hech qachon bu eshikni yopmayman", – dedi "qirollik klubi" afsonasi.

Kasilyas – "Real" tarbiyalanuvchisi bo'lib, 1998-2015 yillarda Madrid grandining asosiy jamoasi to'p tepgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Cope