Kasilyas haqida xush xabar

Eldor Akmurzayev
8 avg 2019, 22:25
Ispaniyalik taniqli darvozabon Iker Kasilyas joriy yilning may oyida Portuning mashg'ulotlari vaqtida yuragi xuruj qilishi oqibatida shifoxonaga olib ketilgan va bir necha kunlik davolanishlardan so'ng unga javob berilgandi.

Shifokorlar esa unga vaqtincha futbol o'ynamaslikni tavsiya qilishdi.

Biroq, bugun Portu matbuot xizmati 38 yoshli darvozabonni yangi mavsum uchun futbolchilar qaydnomasidan o'tkazdi. Bu esa uni kelasi mavsum ham maydonga tushishidan darak beradi.

Avvalroq, Kasilyas faoliyatini yakunlashi va Portuning yoshlar jamoasida ish boshlashi haqida aytilgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/FCPorto