Kasilyas: "De Xea "Real"da? Sog'lom raqobat - juda yaxshi"

Aziz Tukhtamuradov
27 may 2015, 23:44
"Real" darvozaboni Iker Kasilyas MYU posboni David De Xeaning madridliklar safiga kelib qo'shilishidan havotirda emasligini aytib o'tdi.
Agar de Xea safimizga kelib qo'shilsa uni yaxshi kutib olamiz. Sog'lom raqobat - bu yaxshi. Mening shartnomamda aynan men birinchi raqamli darvozabon bo'lishim kerakligi haqida band yo'q.

Ispaniya terma jamoasidagi kabi, bu yerda ham asosiy tarkib uchun kurashamiz. De Xea - ajoyib darvozabon. U bosimni ko'tara oladi. MYUda to'plagan tajribasi unga katta yordam beradi", - deydi Kasilyas.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: soccer.ru