Kasilyas Beylni dunyoning eng yaxshi o'yinchilaridan biri deb hisoblaydi

Tolibjon Qosimov
30 iyul 2013, 12:14
Madridning “Real” klubi darvozaboni Iker Kasilyas, “Tottenxem” klubi hujumchisi Garet Beylning “Real” safiga o'tishiga hech ham qarshiligi yo'qligini va uning amalga oshishi mumkin bo'lgan transferini qo'llab quvvatladi, deb xabar beradi ispan OAV.

Futbolchi “Qirollik klubi”ga juda as qotishiga darvozabonning ishonchi komil.

“Beyl yuqori o'yin darajasiga ega bo'lgan futbolchi va u dunyodagi 3-4 ta eng yaxi o'yinchilar sarasiga kiradi”, - deya ta'kidladi Kasilyas

Eslatib o'tamiz,  “Real” “Tottenxem” bilan Beyl bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Oldingi berilgan xabarlarga ko'ra, “Tottenxem” “Real”dan Beyl uchun 98 mln evro va Fabiu Koentrauni so'ragan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com