Karvaxal "Real"ning 4 o'yinini o'tkazib yuboradi va "Atletiko"ga qarshi derbiga qadar qaytishni rejalashtirmoqda

Alisher
28 noya 2020, 18:02
"Real" himoyachisi Daniel Karvaxal taxminan dekabr o'rtalarida safga qaytadi.

28 yoshli o'yinchi jarohati sabab taxminan 15 kunni o'tkazib yuboradi va "Alaves", "Shaxtyor" (Doneck), "Sevilya" va "Borussiya" (Myonxengladbax)ga qarshi o'yinlarda maydonga tushmaydi.

Ispaniyalik futbolchi La Liga 13-tur doirasidai 12 dekabrda bo'lib o'tishi kerak bo'lgan "Atletiko"ga qarshi o'yinga qadar safga qaytmoqchi.

Himoyachi joriy mavsum barcha musobaqalarda 8ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/JLSanchez78