Karvaxal mashg'ulotlarga qaytdi

Mirjalol Normatov
27 mar 2021, 00:15
"Real" himoyachisi Dani Karvaxal jarohatidan forig' bo'lish jarayonini davom ettirmoqda.

29 yoshli futbolchi fevral oyining o'rtalarida son qismidan olgan jarohati sababli o'yinilarda qatnashmayotgandi. O'shanda uning 2 oyga safdan chiqqani ma'lum qilingandi.

Ushbu haftada ispaniyalik futbolchi maydonga qaytgan va to'p bilan mashg'ulotlar olib borgan. U terma o'yinlaridan keyin umumiy guruh mashg'ulotlarida ishtirok etishi kutilmoqda. Ushbu mavsumda Karvaxal atigi 2 o'yinda qatnashdi. 

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal