

"Karpati" futbol klubi rasmiy sayti moliyaviy qiyinchiliklar sababli UPL doirasida jamoa "Mariupol"ga qarshi o'yinni o'tkazish uchun yetib bora olmasligini ma'lum qildi. Umuman olganda klub mavsumning qolgan qismidagi o'yinlarni o'tkaza olmasligi mumkin.
Qayd etilishicha, klubning 50 foiz akciyalariga egalik qilayotgan Oleg Smaliychuk qolgan 50 foiz akciyani ham sotib olmoqchi bo'lgan, biroq bunga klubning boshqa egalari rozilik berishmagan.
Katta ehtimol bilan "Karpati" ushbu mavsumdan keyin tugatiladi.
Qayd etish kerak, 1963 yilda tashkil qilingan klub hali biror marta Ukraina chempionligini qo'lga kiritmagan.



