Karlush Keyrushning xayrlashuv so'zlari

Xayrulla Xoliqov
29 yanv 2019
Kecha bo'lib o'tgan Osiyo Kubogi dastlabki yarim finalida Eron yirik hisobda mag'lubiyatga uchrab musobaqani tark etdi.

Ushbu Osiyo Kubogida ko'pchilik Eron terma jamoasidan chempionlikni kutayotgandi. Lekin forslar musobaqaning yarim finalida o'z yurishlarini to'xtatishdi.

Eron kecha kutilmaganda Yaponiyaga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvdan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida jamoa ustozi Karlush Keyrush xayrlashayotganini ma'lum qildi:

"Avvalo shuni aytishim kerak, jamoam bilan faxrlanaman. Eron terma jamoasini uzoq vaqt boshqardim, hammasi fantastik darajada bo'ldi, futbolchilar bilan uzun masofani bosib o'tdik".

"Bu erga finalda o'ynash uchun kelgandik, lekin bir qadam qolganda turnirni tark etyapmiz. Shu yerda hammmasi tugaydi. Men qo'limdan kelgancha ishladim. Ortda qolgan 8 yil men uchun juda yaxshi o'tdi. Shunday futbolchilarni shug'ullantirganimdan baxtiyorman. Men terma jamoaning keyingi faoliyatida omad tilab qolaman".

"Bugun faqat bir jamoa maydonda ko'rindi: bu esa Yaponiya. Tan olishim kerak, finalga eng yaxshi jamoa yo'l oldi. Men Yaponiyani finalga chiqqani bilan tabriklayman. Lekin eng katta rahmatni o'z futbolchilarimga aytaman. Ular qiyin vaziyatlarda ham menga dalda bo'la olishdi. Umrimning qolgan qismida Eronda o'tkazgan vaqtimni aslo unutmayman. Barchangizga tashakkur".


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com