Karlos Tevez: "Messi bilan mojaro? Odamlar qayerdan oladi bunday gaplarni"

17 apr 2014, 02:02
"Yuventus" hujumchisi Karlos Tevez Messi bilan hech qanday tushunmoqchiligi yo'qligini aytib o'tdi.

Messi bilan mojaro? Men bilmayman, odamlar qayerdan oladi bunday gaplarni. Haqiqat shundan iboratki, biz Messi bilan juda ko'p narsalarni boshimizdan o'tkazganmiz va birga mashg'ulotlarda ishtirok etardik.  Bizning o'rtamizda hech qanday tushunmovchiliklar va muammolar paydo bo'lmagan.  Leo juda yaxshi inson. O'ylashimcha, bu yilgi mundial to'liqligicha Leo uchun bag'ishlanadi. Unga chin dildan omad tilayman. U juda ajoyib futbolchi.


Manba: soccer.ru