Karlos Teves: Xitoy futboli 50 yilda ham Yevropaga eta olmaydi

Aslanov Jasurbek
28 may 2017, 08:15
Shanxay Shenxua hujumchisi Karlos Teves Xitoy futboli darajasi haqida o'z fikrlarini bildirdi.
Xitoy klublari Yevropa jamoalariga raqobat qila olishlariga ishonmayman. Xatto dunyoning eng kuchli futbolchilarini sotib olishsa ham bu yerda umuman boshqacha futbol va umuman boshqacha muxlislar bo'ladi. Xitoy futbolchi bu darajaga 50 yilda ham eta olmaydi.

Xitoylik futbolchi texnika borasida u qadar kuchli emaslar, ammo legionerlar uchun qo'yilgan yangi limit tufayli mahalliy futbolchilar o'sishlari mumkin.

Xitoylik o'yinchilar o'zlari xohlamagan holda senga jarohat etkazib qo'yishlari mumkin, sababi juda beso'naqaylar, – deydi Teves.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: South China Morning Post