Karlo Anchelotti: "Real" endi Ispaniya chempionligini qo'lga kiritish qiyin"

Aziz Tukhtamuradov
8 may 2014, 08:32
Real bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Valyadolidga qarshi o'yindan so'ng (1:1) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Biz o'yindagi nazoratni yo'qotib qo'ydik. Lekin, bu hotirjamlikka berilish bilan bog'liq emas. Yaxshi o'yin ko'rsatdik, ammo yakunda qiyin bo'ldi.

Yaqin kunlarda Ronalduning jarohati darajasi ma'lum bo'ladi. O'ylaymaki, u jiddiy jarohat olmadi. Shu jumladan Pepe va Di Mariyalar ham.

Chempionatga g'olib chiqish qiyin, lekin, nazariy jihatdan hozircha imkoniyatimiz bor. Qolgan o'yinlarni yutishga harakat qilamiz", - deydi Anchelotti.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru