Karlo Anchelotti: "Odamlar meni 4 marta YCHL sovrinini olganimni to'lqinlanib gapirishsa, men 5-sovrinni o'ylayman"

Mirjalol Normatov
31 dek 2023, 11:21
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelottiga YCHLdagi muvaffaqiyat haqida savol berishdi.

"Nima qilingan bo'lsa, qilib bo'lindi. Men faqatgina oldinga harakatlanaman.

Odamlar menga qarab,4 marta YCHLni yutganimni to'lqinlanib gapirishsa, men faqatgina beshinchi sovrinni yutishni o'ylayman.

"Real" muxlislariga 2024 yilda faqatgina xursandchilik tilayman. Ushbu yilda yuqori natijalarni qo'lga kiritishga harakat qilamiz", - dedi "Real" bosh murabbiyi.

Qayd etish kerak, Karlo ota 2002/03 va 2006/07 yilgi mavsumlarda "Milan", 2013/14 va 2021/22 yilgi mavsumlarda "Real" bilan YCHL sovriniga ega chiqqan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: realmadrid.com