
"Yana bir bor qaytaraman: Menga tanaffus kerak. Bunga jiddiy sabablarim bor.
Stenoza tufayli meni operaciya qilishlari lozim. Bu kasallikdan qo'llarim titraydi. Oyoqlarim titrashni boshlamasidan buni yo'q qilish kerak. Shu sababli operaciya borasida kelishib qo'ydim.
To'g'risini aytsam, oyoqqa turishim uchun qancha vaqt kerak bo'lishini bilmayman.
Operaciya Vankuvyerda (Kanada) bo'lib o'tadi. U yerda oilamizning uyi bor. Tatil paytida Kanada va Madridda yashayman.
"Real"dagi ikki yil juda qiyin bo'ldi. Madriddagi ish qancha aqliy va jismoniy kuch olishini hech kim tasavvur qila olmaydi" - deydi Anchelotti.
Eslatib o'tamiz, agar "Real" murabbiyni ishdan bo'shatsa, Anchelotti tanaffus olishini ma'lum qilgan.