Karlo Anchelotti: "Bundan ham ko'proq gol urishimiz mumkin edi"

Tolibjon Qosimov
10 mar 2014, 12:51
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Levante" ustidan qozonilgan (3:0) g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"O'zimiz ishtirok etayotgan barcha musobaqada yaxshi ketayapmiz, bo'shashmaslik kerak. Bugun juda yaxshi va tezkor harakat qildik. Futbolchilarning harakatlaridan qoniqdim. Bundan ham gol urishimiz mumkin edi, ammo "Levante" posboni yaxshi o'ynadi. Endi bor e'tiborimiz keyingi o'yinga qaratiladi", deydi Anchelotti klub rasmiy saytiga.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net