Karius Liverpul muxlislari bilan tvitter orqali xayrlashdi

Narzulla Saydullayev
27 avg 2018, 08:21
Beshiktoshga ikki yilga ijaraga berilgan Liverpul darvozaboni Loris Karius yangi klubi va sobiq klubi muxlislariga xabar yo'lladi.

Beshiktoshdek buyuk klub a'zosiga aylanganimdan xursandman. Kecha meni aeroportda ajoyib tarzda kutib oldinglar! Beshiktosh bilan g'alaba qozonish uchun borimni beraman.

Liverpul muxlislariga ham rahmat. Haqiqatdan ham men hech qachon yolg'iz bo'lmaganman, - deb yozadi Karius tvittyerdagi o'z sahifasiga.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/LorisKarius