

“Klopp menga jamoada qolsam, xursand bo'lishi haqida gapirib, qo'l ostida faqat eng yaxshi futbolchilar jamlanganligini ta'kidladi. Ammo men u bilan uzoq suhbatlashib, “Beshiktosh” uchun o'ynamoqchi ekanliginimni bildirdim.
O'ylashimcha, bu ikki tomon uchun ham foydali transfer bo'ldi. Klopp menga eng yaxshi tilaklarni bildirdi va jamoasida saqlab qolish niyatida ekanligini ma'lum qildi”, deya Kariusning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sports.
Eslatib o'tamiz, “Beshiktosh” Kariusni ikki yilga ijaraga oldi. Ijara davri tugagach, turklar germaniyalik posbonni transferini sotib olishlari ham mumkin.



