Karim Benzema "Real" - "Barselona" o'yinida ishtirok etadi

Tolibjon Qosimov
17 mar 2014
Ispaniya chempionati 28-turi doirasida jarohat olgan "Real" hujumchisi Karim Benzema tibbiy ko'rikdan o'tdi, deya xabar bermoqda "Marca".
Ko'rik natijasida jarohatning jiddiy emasligi ma'lum bo'ldi. Jamoa uchun eng muhimi - u "klassiko"gacha sog'ayib, maydonga tushishga tayyor bo'ladi. "Barselona"ga qarshi ushbu o'yin 23 mart kuni bo'lib o'tadi.

Yaqin kunlar ichida Benzema uchumiy guruhga qaytishi kutilyapti.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net