Karim Benzema: Golni aniqlash tizimi borligi yaxshi

Narzulla Saydullayev
16 iyun 2014, 10:18
Fransiya terma jamoasi hujumchisi Karim Benzema Gondurasga qarshi o'yindan so'ng (3:0) o'z fikrlarini bildirdi.
– Biz doim raqib darvozasi sari yurishni istaymiz, jamoaviy o'yin muhim. Bugun gollar urganimdan xursandman.

Juda xursandman va bundan faxrlanaman. Bugun ajoyib o'ynaganimizdan baxtliman.

Ikkinchi bo'lim boshida urilgan golni darvozaga kirganini ko'rdim. Golni aniqlash tizimi borligi yaxshi, – deydi Benzema.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru