

"Real"ni omadi bor, chunki klub Ronaldodan qutilgan. Hazillashyapman... Ammo bu hazilda haqiqat bor.
Men klub prezidenti bilan suhbatlashib, Ronaldoni klubdan haydashni so'raganman.
U 94 kg edi. Ronaldoga savol berganman: "JCH-2002 chempioni bo'lganingda vazning qancha edi?" U 84 deb javob berdi.
Klub prezidentiga Ronaldoni sotish kerakligini aytganman. Qaysidir arab jamoasi bilan kelishuv bor edi, ammo keyin Berluskoni qo'ng'iroq qildi: "Fabio, Ronaldo bilan nima bo'lyapti?"
Unga shunday deganman: "Sinor prezident, uni olmang, u tungi hayot va ayollarni yaxshi ko'radi, vazni 94 kg". "Katta rahmat, Fabio!" deb javob qaytargan sobiq bosh vazir.
Keyingi kun esa Ronaldo "Milan"ga o'tayotganini eshitganman.



