Kapello: "Ronaldo - eng istedodli va muammoli o'yinchi edi"

Alisher
20 may 2020
"Real" sobiq ustozi Fabio Kapello faoliyati davomidagi eng muammoli o'yinchi kim bo'lganini aytdi.

Fabio 2006 yilda "Real"da yarim yil ishlagan va Ronaldoni shug'ullantirgan.

- Men shug'ullantirgan eng katta istedod Ronaldodir. O'sha paytda bu futbolchi echinish xonasidagi eng katta muammoni yuzaga keltirardi.

U kechalarni va xohlaganini qilishni yoqtirardi. Ruud van Nistelroy oldimga kelib aytdi: "Murabbiy, echinish xonasida alkogolning hidi chiqyapti". Keyin Ronaldo "Milan"ga ketdi va biz yutishni boshladik, - deydi Kapello.

43 yoshil Ronaldo ayni damda "Valyadolid" prezidenti hisoblanadi.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sport