Italiyalik murabbiy Fabio Kapelloning fikricha, Italiya terma jamoasi va "Chelsi" klubi futbolchisi Jorjino "Oltin to'p" uchun asosiy da'vogarlardan biri hisoblanadi.
"Jorjino shubhasiz "Oltin to'p"ga loyiq. Faqatgina u barcha sovrinlarni yutgani uchun emas, balki ushbu sovrinlarni qo'lga kirtilishida u katta rol o'ynadi. 2021 yilda u kabi barqaror bo'lgan futbolchini ko'rmayapman", - dedi Kapello.