Kapello - Czyansu Sunin bosh murabbiyi

Narzulla Saydullayev
11 iyun 2017
Rossiya terma jamoasi sobiq ustozi Fabio Kapello yangi ish topdi.

Italiyalik murabbiy Xitoyning Jiangsu Sunin klubi bosh murabbiyiga aylandi.

Oldinroq Kapello bu klub bilan bir yarim yillik shartnoma tuzishi va 10 million evro maosh olishi aytilgandi. Kapelloga ushbu klubda Janluka Dzambrotta va Kristian Brokki yordam berishadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/FRsoccerYixin