Kantedan o'ziga xos rekord

Sherzod Nurmatov
6 iyul 2024
Fransiyalik mag'lubiyat nimaligini bilmayapti.

Fransiya terma jamoasi Yevropa chempionati 1/4 finali doirasidagi o'yinda Portugaliya terma jamoasini mag'lub etdi (0:0, penaltilar bo'yicha – 5:3). Ushbu o'yin "Le Blu" yarim himoyachisi N'Golo Kante uchun muhim voqea bo'ldi.

Fransiyalik futbolchi Yevropa va Jahon chempionatlarida 20 ta o'yinda mag'lubiyatga uchramadi. Bu barcha yevropalik futbolchilar orasida eng yaxshi natija hisoblanadi.

33 yoshli xavbek so'nggi 20 uchrashuvda 13 g'alaba va 7 durang qayd etgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport.ua