Kante “Oltin to'p-2021”ga davogarlar qatorida yetakchilik qilmoqda

Eldor Akmurzayev
21 iyun 2021
Goal portali 2021 yilgi “Oltin to'p”ga nomzodlar reytingini yangiladi.

Unda “Chelsi” yarim himoyachisi Ngolo Kante yetakchilik qilmoqda. Kantedan keyingi o'rinlardan esa PSJ hujumchisi Kilian Mbappe va “Man Siti” xavbeki Kevin de Bryuyne joy olgan.

TOP-10 quyidagi ko'rinishda:

1. N'Golo Kante ("Chelsi", Fransiya);

2. Kilian Mbappe ("Pari Sen-Jermen", Fransiya);

3. Kevin De Bryoyne ("Manchester Siti", Belgiya);

4. Robert Levandovski ("Bavariya", Polsha);

5. Romelu Lukaku ("Inter", Belgiya);

6. Lionel Messi ("Barselona", Argentina);

7. Krishtianu Ronaldu ("Yuventus", Portugaliya);

8. Ruben Diash ("Manchester Siti", Portugaliya);

9. Karim Benzema ("Real", Fransiya);

10. Fil Foden ("Manchester Siti", Angliya).


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Goal