Kante "Chelsi" bilan shartnomasini uzaytirishga tayyor

Aziz Tukhtamuradov
23 fev 2023, 08:39
Fransiyalik futbolchi "ko'klar" sharafini himoya qilishda davom etishni istaydi.

Taniqli insayder Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, kuzdan beri maydonga tushmagan va jarohatdan keyin endigina mashg'ulotlarni boshlagan N'Golo Kante "Chelsi" bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarni boshladi. Fransiyalik futbolchi yozda erkin agentga aylanishi mumkin, ammo u faoliyatini "ko'klar" safida davom ettirmoqchi. Ma'lum bo'lishicha, tomonlar tez orada yangi kelishuv muddati bo'yicha kelishib olishadi, qolgan tafsilotlar keyinroq hal bo'ladi.

Kante "Chelsi"da 2016 yilning yozidan buyon to'p tepmoqda. U londonliklar safida 262 ta o'yin o'tkazdi va jamoaga 2017 yilda Angliya chempionligini, 2021 yilda esa Chempionlar Ligasini qo'lga kiritishiga yordam berdi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano