"Navbahor" Kanchelskis bilan 3 yillik shartnoma tuzdi

Aslanov Jasurbek
28 avg 2019, 18:55
Rossiyalik mutaxassis Andrey Kanchelskis "Navbahor"ga qaytdi.

Kanchelskis bugun, 28 avgust kuni Namangan klubi bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi. Klub va Andrey Kanchelskis o'rtasidagi bitim 3 yilga mo'ljallangan.

Eslatib o'tamiz, bunga qadar "Navbahor" ustozi bo'lib ishlagan Andrey Kanchelskis 22 iyun kuni jamoani tark etgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia