Kanchelskis: "Arshavin ikkimiz boshqalarga yo'l ko'rsatib berganmiz"

Tolibjon Qosimov
22 apr 2020
"Manchester Yunayted" sobiq o'yinchisi, bugungi kunda "Navbahor" bosh murabbiyi bo'lib ishlayotgan Andrey Kanchelskis "Arsenal" sobiq yarim himoyachisi Andrey Arshavin haqida gapirdi.

"Arshavinning pokeriga ham 11 yil bo'ldi. Bu xuddi kecha ro'y bergandek taassurot bor. Andrey - yaxshi yigit, o'zini munosib ko'rsatgan, o'z ismini "Arsenal" tarixiga yozib qo'ya olgan. Yaxshi mutaxassislar bilan mashg'ulot o'tkazgan.

"Liverpul" darvozasiga urilgan bu 4 gol hamisha tarixda qoladi. Menimcha, yana 50 yil hech kim "Arsenal"dek jamoada poker qila olmaydi. Bizning futbolchilar esa - 100 yil.

Bizni ko'pchilik taqqoslaydi? Biz rus futbolini sharmanda qilmaganimiz yoqimli. Boshqa futbolchilarga yo'l ko'rsatib berganmiz", - dedi Kanchelskis.


Kanchelskis futbolchilik faoliyatida "Manchester Yunayted", "Everton", "Fiorentina", "Reyndjers", "Manchester Siti" va "Sautgempton"da o'ynagan..


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com