Ayni damda Fransiya chempionatining 8-o'rnini egallab turgan "Kan" klubi Yaya Tureni o'z safiga qo'shib oldi.
"Amyen"da futbol saboqlarini olgan Ture Fransiya oliy ligasi jamoasi bilan ilk professional shartnomasini imzoladi. 17 yoshli futbolchi yangi klubida 6 raqamda to'p tepadi. Ushbu o'yinchi yarim himoyachi hisoblanadi.