"Kamp Nou"ning ochilish sanasi ma'lum bo'ldi

Sherzod Nurmatov
19 apr 2024
"Barselona" shu yil oxirida "Kamp Nou"ga qaytadi, deb xabar berdi "Mundo Deportivo".

Manbaga ko'ra, kataloniyaliklar 15 dekabr kuni yangilangan stadionda ilk o'yinini o'tkazishadi.

Arena dastlab faqat 60% gacha to'ldirish quvvatiga ega bo'ladi. Rekonstrukciyadan so'ng "Kamp Nou"ning umumiy sig'imi 105 ming kishini tashkil qilishi kutilmoqda.

"Ko'k-anorranglilar" rahbariyati yangilangan arenadagi ilk o'yin sanasini klubning 125 yilligiga – 29 noyabrga to'g'ri kelishini istashdi. Ammo oxir-oqibat shoshilmaslikka qaror qilindi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo