Kamoliddin Tojiev: "Gol uradigan hujumchimiz yo'q"

Aslanov Jasurbek
26 okt 2024, 18:58
"Qizilqum" hamda "Paxtakor" o'rtasidagi Superliganing 22-tur o'yinidan (2:0) so'ng mehmonlar ustozi Kamoliddin Tojiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Kamoliddin Tojiev: Bugun to'pni yaxshi nazorat qildik, ammo ikkita xato tufayli darvozamizdan ikkita gol olib chiqdik.


- "Paxtakor"da tarkib yomon emas, lekin nimadir yotishmayotgandek?

- Gol uradigan hujumchimiz yo'q. To'pni yaxshi ushlab turibmiz, o'yinni nazorat qilyapmiz, ammo darvozaga zarba bermasak gol bo'lmaydi.

- Ikkinchi bo'limda himoya o'rniga Xoldorxonov maydonga tushdi, buni noto'g'ri o'zgarish deb hisoblaysizmi?

- Ha, bazi o'zgarishlarimiz xato bo'ldi.

- Bu mavsum "Markaziy stadion"dagi o'yinlarda "Paxtakor" ikki marta yutqazdi ("Nasaf" - "Paxtakor" 1:0). Bu stadion ta’sirimi yoki boshqa omilmi?

- Yo'q, maydon ta’siri emas. Xatolarimiz gol bilan tugadi. Bazi boshqa o'yinlarda 20ta xato ham golga olib kelmaydi. Futbol shunisi bilan qiziq.

- "Paxtakor" sovrinlar uchun kurashdan chiqdi deb o'ylaysizmi?

- Yo'q, chiqqani yo'q. Biz oxirigacha kurashamiz.







O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia