Kamoliddin Tojiev 2ta o'yinga chetlatildi

Narzulla Saydullayev
16 iyun 2016, 12:18
Tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Oliy Liga
"So'g'diyona" klubiga qarshi 11-tur uchrashuvida qo'pol harakat qilgani uchun maydondan chetlatilgan "Paxtakor" himoyachisi Kamoliddin Tojiev 2ta uchrashuvga chetlatildi va jarimaga tortildi.

Yoshlar Birinchiligi
"Qo'qon-1912" klubi hujumchisi Asliddin Soipov "Neftchi"ga qarshi 11-tur uchrashuvidagi agressiv hatti-harakati uchun 3ta o'yinga chetlatildi.

"Andijon" himoyachisi Artur Mamatkazin, "Metallurg" klubiga qarshi 11-tur uchrashuvidagi agressiv hatti-harakati uchun 3ta o'yinga chetlatildi.

O'zbekiston Birinchiligi
"Zomin" himoyachisi Eldor Karimov "Xotira-79"ga qarshi uchrashuvdagi agressiv hatti-harakati uchun 3ta o'yinga chetlatildi.

"G'ijduvon" yarim himoyachisi Bobur O'roqov Paxtakor-2ga qarshi uchrashuvdagi agressiv hatti-harakati uchun 3ta o'yinga chetlatildi.
 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz