
Biz futbolchining o'zi bilan bog'lanib bu masalaga oydinlik kiritdik: "Haqiqatdan ham "Irtish"dan ketdim. Bugun Qarag'andaning "Shaxtyor" klubi bilan 1 yillik shartnoma tuzdim. Viktor Kumikov boshchiligidagi jamoada o'z o'rnimni topishga harakat qilaman. Yangi klubda 27-raqam ostida harakat qilaman", - deydi bugun 27 yoshga to'lgan Murzoev "SA"ga bergan intervyusida.