

Dastlabki davrada 10ta o'yinda maydonga tushib 3ta gol urgan hujumchi "Olmaliq"ni tark etishga qaror qildi. Murzoev Bahrom Hakimov boshchiligidagi jamoa bilan kelishuvga erishgan. Bugun futbolchi "Dinamo" klubi safiga borib qo'shiladi.
Kamoliddin Murzoev oliy ligada "Mashal", "Metallurg", "Nasaf" va "Bunyodkor" kabi klublarda faoliyat olib borgan.



