Kamoliddin Murzoev: "Navbahor" va Andrey Kanchelskis ishini juda kuchli yuridik tashkilot ko'rib chiqmoqda"

Aslanov Jasurbek
8 dek 2021, 15:36
Kecha O'zbekiston futbolchilar uyushmasi rahbari bilan Kamoliddin Murzoev bilan suhbat jarayonida "Navbahor" va Andrey Kanchelskis masalasi haqida ham so'radik


"Navbahor"dan kamroq pul so'ramasang, nogiron qilib qo'yamiz". Rossiyada Kanchelskisga tahdid qilishdi


"Navbahor" va Andrey Kanchelskis bilan bo'layotgan voqealar shov-shuv bo'lib ketdi. Moskvada rossiyalik murabbiyga uyushtirilgan holat va hokazo. Bu ish klub xodimlari tomonidan qilinganmi yoki boshqami hali aniqlangani yo'q. Bordi-yu aniqlik kiritilsa futolimiz uchun ayanchli holat bo'ladi. Bizga ma'lum bo'lishicha bir yil oldin mazkur ishni olib borayotgan rossiyalik hamkasbimiz yurist agarda klub kelishuvga ko'nsa biz rozimiz, deb aytgandi. "Navbahor" futbol klubi rahbarlariga chiqqanimizda qanoatlantirmaydigan taklif aytishgandi. Ikkinchi tomon rozilik bildirmasdan, FIFA orqali ko'rib chiqishini bildirgan. 

Kanchelskis bilan ishlayotgan kompaniya juda kuchli yuridik tashkilot hisoblanadi. Yuriy Zaycev, Mixail Prokopeclar faoliyat olib borishadi. Ignatiy Nesterov ishida ham ilk bor ularga chiqqan edik. Natijada yordam berishgan. Tashkilot har bir ishni puxta o'rganib chiqib 90 foiz hal qila oladigan muammolarni ko'rib chiqadi. Shu bois "Navbahor"ga oson bo'lmaydi. Bu summaning ko'tarilib ketishi noto'g'ri holat. Murabbiy bilan shartnomani bekor qilishdagi talablarga rioya qilishmagan",- deydi Kamoliddin Murzoev.



O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia